
Minskda O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (O‘zRTXB) rahbariyatining Belarus universal tovar birjasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar birgalikdagi ishlarning joriy natijalarini muhokama qildilar va o‘zaro savdo arxitekturasiga birja vositalarini yanada yaqinroq integratsiyalash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab oldilar.
O‘zbekiston Belarus savdo maydonchasida jadal sur’atlarni namoyish etmoqda. Birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston biznesi BUTBning eng muhim 5 ta yo‘nalishi orasida mustahkam o‘rnashib oldi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Belarus Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi kompaniyalarining elektron savdo maydonchalaridagi savdolarda ishtirok etishiga ko‘maklashish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar.