
Muzokaralarda asosiy e’tibor mintaqalararo hamkorlikni jadallashtirishga qaratildi, buning natijasida 2026-yilning birinchi yarmida tovar ayirboshlash hajmi uchdan bir qismga oshdi.
Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik muloqotning alohida mavzusi bo‘ldi. Bo‘lajak investitsiya loyihalari uchun malakali texnik kadrlar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston va Brestchinaning kollej va universitetlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga kelishib olindi.