Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" maqolasi e’lon qilindi

Maqolada O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investitsiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.
Maqolada qayd etilganidek–so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan;
Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshgan;
Ayni paytda mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida 700 dan ziyod qo‘shma korxona va loyihalar amalga oshirilmoqda;
KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollardan ortiq;
2025-yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshgan.
Prezident ikki mamlakat iqtisodiyotining o‘zaro to‘ldiruvchanligi yangi o‘sish drayverlarini yaratish uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidlab, hamkorlikni umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirish darajasiga olib chiqish muhimligini ta’kidladi.