
Belarus Respublikasida diplomatik va iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hamda Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchilari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Do‘stona va yuqori darajadagi konstruktiv ruhda o‘tgan muzokaralarda asosiy e’tibor ikki qardosh davlatning Belarusdagi savdo-iqtisodiy ishtirokini kengaytirish va qo‘shma biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.