
29–30-sentyabr kunlari Xiva shahrida O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirga tayyorgarlik masalalari Belarus Respublikasi Milliy majlisi Kengashining Xalqaro ishlar va milliy xavfsizlik doimiy komissiyasi raisi Sergey Aleynik bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi.
Forum doirasida ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi muloqotni yanada rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan masalalar muhokama etiladi. Tadbir doirasida qator kelishuvlar va tijorat shartnomalarini imzolash rejalashtirilgan.