
Belarus poytaxti Minsk shahrida “INNOPROM. Belarus” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimi hamda yalpi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmaning umumiy maydoni qariyb 20 000 kvadrat metrni tashkil etib, unda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) mamlakatlarining eng zamonaviy sanoat texnologiyalari va innovatsion ishlanmalari namoyish etilmoqda.
Xalqaro iqtisodiy platformada mezbon Belarus Respublikasidan tashqari O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Kambodja kabi davlatlarning rasmiy hamda ishbilarmon doiralari vakillari faol ishtirok etmoqda.
Anjuman doirasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va o‘zaro manfaatli yangi hamkorlik kelishuvlarini imzolash ko‘zda tutilgan.
Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi ham ishtirok etdi.