
“O‘zbekiston-Belarus” do‘stlik jamiyati faollari ishtirokida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.
Tadbirda “Temur tuzuklari” asarining belarus tilidagi tarjimasi taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu nodir asarning ilk bor belarus tilida nashr etilishi ikki xalq o‘rtasidagi adabiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqib, xorijlik kitobxonlarga sharq davlatchilik madaniyatini anglash imkonini beradi.
Yakunda faollar xalq diplomatiyasi vositasida qo‘shma loyihalar va madaniy hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.