
Minsk shahridagi G‘ulom Yoqubov nomidagi 36-sonli o‘rta maktabda “Xalq diplomatiyasi - tinchlik va hamkorlik ko‘prigi” mavzusida o‘quvchilar bilan "ochiq dars" ko‘rinishidagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda maktabga nomi berilgan o‘zbek o‘g‘loni, Andijon viloyatining Asaka tumanida tug‘ilib o‘sgan va keyinchalik Ikkinchi jahon urushida Belarusda qahramonlarcha halok bo‘lgan G‘ulom Yoqubovning merosi haqida kengaytirilgan ma’lumotlar yetkazildi, bugungi O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi strategik sheriklik loyihalari haqida suhbatlashildi.