
O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi vakillari Vitebsk viloyatiga xizmat safari davomida ushbu hududda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning mehnat va yashash sharoitlari o‘rganildi. Ish beruvchilar va mahalliy hokimiyat vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi, fuqarolarga konsullik ro‘yxatidan o‘tish tartiblari tushuntirildi hamda favqulodda vaziyatlarda Elchixona bilan bog‘lanish uchun tezkor aloqa raqamlari taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida hamyurtlarimizga xorijda qonuniy bo‘lib turish qoidalariga qat’iy rioya qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.