
Safar dasturidan o‘rin olgan dastlabki tadbirlar doirasida delegatsiya a’zolari ayni paytda ushbu mamlakatda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi. Samimiy muloqot davomida yurtdoshlarimizning mehnat faoliyati, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, istiqboldagi rejalari hamda ularni qiziqtirayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, tashrif davomida toshkentlik tadbirkorlar tomonidan Belarusda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishildi.
Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish maqsadida, Toshkent viloyati hududida "MAZ" brendi ostidagi yuk texnikalariga xizmat ko‘rsatish markazi hamda ehtiyot qismlar omborini tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqildi va o‘zaro fikr almashildi.