
Farğona viloyati delegatsiyasining Belarus Respublikasiga xizmat safari doirasida viloyat hokimi örinbosari Alibek Tursunov boşçiligidagi vakillar Minsk şahrida joylaşgan Belarus Milliy fanlar akademiyasining "Göşt va sut sanoati instituti" ilmiy-tadqiqot muassasasida böldilar. Delegatsiya a’zolari uşbu nufuzli ilmiy markaz faoliyati va işlab çiqariş jarayonlari bilan yaqindan tanişdilar.
Ma’lumot uçun, mazkur institut Belarus Respublikasida göşt va sut mahsulotlarini qayta işlaş sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boriş, innovatsion texnologiyalarni işlab çiqiş hamda ularni sanoat korxonalari faoliyatiga joriy etişga ixtisoslaşgan yetakçi muassasalardan biri hisoblanadi.