
Keyingi o‘n yilda elektrotexnika sanoatida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Sohaga 2 milliard dollar investitsiya kiritilib, 413 ta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi. Maishiy texnika, quyosh panellari, elektron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishli transformatorlar kabi 100 dan ortiq turdagi yangi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Natijada joriy yilda sohada mahsulot ishlab chiqarish hajmi 50 trillion so‘mga yetdi. Mazkur ko‘rsatkich 2016-yilda 1,7 trillion so‘m bo‘lgan. Investitsiyalar 600 million dollarga, eksport esa 1 milliard 600 million dollarga yetkazildi. O‘tgan davrda eksport hajmi 14 barobar o‘sdi.
Davlatimiz rahbari bu mavjud imkoniyatlarga nisbatan kam ekanini, sohani yanada jadal rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.