
Belarus Respublikasi Transport va kommunikatsiyalar vaziri Aleksey Alekseeviç Lyaxnoviç bilan bölib ötgan uçraşuvda aviatsiya, temir yöl va avtoyöl transportlari sohasida transport-logistika xizmatlarini rivojlantiriş, ikki mamlakat örtasida özaro yuk taşiş hajmini özaro manfaatli şartlar asosida soddalaştiriş masalalari muhokama qilindi. Muloqot davomida, şuningdek, iqtisodiy va sayyohlik aloqalarini yanada jonlantiriş maqsadida viloyatlararo aviaqatnovlarni yölga qöyiş hamda bu boradagi istiqbolli qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça fikr almaşildi.