
Belarus Respublikasining arxitektura va quriliş vaziri Vadim Olşevskiy hamda mamlakatning yirik quriliş kompaniyalari rahbarlari iştirokida uçraşuv ötkazildi. Unda Özbekistonda barpo etilayotgan “Yangi Toşkent” şahri loyihasining taqdimoti bölib ötdi.
Taqdimot davomida iştirokçilarga yangi şaharning keng quriliş imkoniyatlari, zamonaviy infratuzilmasi hamda xorijiy investorlar uçun yaratilgan qulay şaroit va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Şuningdek, vazir Vadim Olşevskiy bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytiriş, quriliş va şaharsozlik sohasida tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi. Uçraşuv yakunida yangi qöşma loyihalarni birgalikda amalga oşiriş böyiça kelişildi.