
Yig‘ilishda Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi nufuzli delegatsiya qatnashmoqda.
Davlatimiz rahbari Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan erishilgan kelishuv asosida tashkil etilgan ushbu yangi mexanizm ikki mamlakat iqtisodiy hamkorligiga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlashga qaratilganini ta'kidladi.
Shu kuni Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston – Turkiya biznes forumi 200 dan ziyod ishbilarmonni birlashtirdi. Davlatimiz rahbari buni ikki mamlakat tadbirkorlarining o‘zaro sheriklikni kengaytirishga bo‘lgan katta qiziqishi ifodasi sifatida baholadi.