Elchixonada joriy yil 13-20 may kunlari Belarusda bo'lib turgan Qoraqalpoq davlat universiteti rektori A.Reyimov boshchiligidagi delegatsiya bilan yakuniy uchrashuv bo'lib o'tdi.
Suhbat davomida KDU rahbari Belarusning etakchi universitetlariga tashrif va ularnig rektorlari bilan muzokaralar natijalari to'g'risida ma'lumot berdi. Shu jumladan, Vitebsk davlat texnologik universiteti, BMTU, BDTU, BDU,
Polesie va Grodno davlat universitetlarida qo'shma ta'lim dasturlarini uyushtirish, ilmiy- amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilingani qayd etildi.
Uchrashuv yakunda, A.Reyimov mazkur tashrifni tashkil etishga amaliy ko’maklashtirgani hamda Elchixona va KDU o'rtasida o'rnatilgan konstruktiv aloqalar uchun minnatdorlik bildirdi.