-
Özbekiston bozori uçun bolalar ozuqasi işlab çiqariş böyiça yangi loyiha işga tuşirildi
2026-11-16 56Grodno viloyati ijroiya qömitasi raisining birinçi örinbosari Sergey Medzvetskas iştirokida Belarusning “Bellakt” OAJ korxonasida Özbekiston bozori uçun möljallangan quruq bolalar ozuqasini işlab çiqariş böyiça yangi loyihaga start berildi.
Aholi salomatligini mustahkamlaş va içki bozorni sifatli bolalar ozuqasi bilan uzluksiz ta’minlaşga qaratilgan uşbu loyiha ikki davlat rahbarlari darajasida erişilgan kelişuvlar ijrosi doirasida yölga qöyildi. Unga köra, mahsulotlar özbekistonlik hamkor - “Milk House” QK MÇJning xususiy savdo belgisi ostida “STM” şaklida işlab çiqarilib, ilk partiyasi joriy yilning 23-noyabr kuni Özbekistonga yetkazib beriladi.
-
Mogilyov OTMlaridagi özbekistonlik talabalarning ta’lim va yaşaş şaroitlari örganildi
2026-11-13 106Mogilyov viloyati OTMlarida qöşma ta’lim dasturlari va magistraturada tahsil olayotgan özbekistonlik talabalar bilan oçiq muloqot ötkazildi. Uçraşuvda yoşlarning öqiş jarayonlari, yotoqxonalardagi yaşaş şaroitlari örganilib, dolzarb ijtimoiy masalalar muhokama qilindi.
-
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi
2026-11-12 70Belarus Respublikasi Eksportni qöllab-quvvatlaş milliy markazi direktori Nikolay Boriseviç bilan muloqot davomida Özbekiston va Belarus örtasidagi özaro savdo aylanmasini oşiriş, ikki mamlakat tadbirkorlari örtasida töğridan töğri biznes aloqalarini kengaytiriş hamda qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
-
Özbekiston erkin iqtisodiy zonalari imkoniyatlari taqdim etildi
2026-11-12 110Onlayn-vebinarda Özbekiston EIZlarida tadbirkorlar uçun yaratilgan şaroitlar, soliq va bojxona imtiyozlari haqida ma’lumot berildi. Şuningdek, qöşma loyihalarni moliyalaştiriş yöllari va investorlarni jalb qiliş masalalari muhokama qilindi.
-
Şanxay hamkorlik taşkiloti taşkil topganining 25-yilligi hamda Belarus xalq diplomatiyasi markazining oçiliş marosimida iştirok etildi, Özbekistonning mazkur taşkilot doirasidagi taşabbuslari va amalga oşirilgan işlari taqdim etildi
2026-11-12 114Şanxay hamkorlik taşkiloti taşkil topganining 25-yilligi hamda Belarus xalq diplomatiyasi markazining oçiliş marosimida iştirok etildi, Özbekistonning mazkur taşkilot doirasidagi taşabbuslari va amalga oşirilgan işlari taqdim etildi.
-
Belarus Taşqi işlar vaziri örinbosari bilan uçraşuv bölib ötdi
2026-11-12 120Belarus Taşqi işlar vaziri örinbosari Pavel Utyupin bilan ötkazilgan uçraşuvda Özbekiston va Belarus örtasidagi hududlararo aloqalarni yanada kengaytiriş, sanoat kooperatsiyasini kuçaytiriş hamda Özbekiston işbilarmonlarining Belarusdagi qöşma loyihalarini amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Şuningdek, 2027-yilda Özbekiston raislik qiladigan MDH va Qöşilmaslik harakati doirasidagi özaro hamkorlik hamda yaqin vaqt içida rejalaştirilgan taşriflar jadvali yuzasidan fikr almaşildi.
-
“Yoşlar kuni” doirasida özbekistonlik talabalar bilan oçiq muloqot ötkazildi
2026-11-12 132An’anaga aylangan har payşanba kuni ötkazilayotgan “Yoşlar kuni” doirasida Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti, Belarus milliy texnika universiteti hamda Belarus davlat aviatsiya akademiyasi talaba-yoşlari iştirokida navbatdagi “davra suhbati” taşkil etildi. Samimiy muloqot davomida yoşlarning öqiş va yaşaş şaroitlari örganildi, ularning savollariga javob berildi va mavjud muammolarga amaliy yeçimlar belgilandi. Tadbir yakunida talabalarga özbek milliy taomi - oş tortildi.
-
Belarus kasaba uyuşmalari federatsiyasi raisi bilan uçraşuv ötkazildi
2026-11-11 114Belarus kasaba uyuşmalari federatsiyasi raisi Yuriy Senko bilan bölib ötgan muloqotda Belarusda mehnat faoliyatini olib borayotgan Özbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qiliş, qöşma korxonalar xodimlarini qöllab-quvvatlaş, şuningdek, sanatoriy-kurort soğlomlaştiriş, turizm, kadrlar tayyorlaş, talabalar almaşinuvi va qöşma madaniy tadbirlar ötkaziş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.
-
Toşkentdagi Turizm forumi oldidan: Belarus Milliy turizm agentligi direktori bilan uçraşuv bölib ötdi
2026-11-10 111Belarus Milliy turizm agentligi direktori Kirill Maşarskiy bilan uçraşuv bölib ötdi. Döstona ruhda ötgan muloqot davomida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantiriş va istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş, şu bilan birga Toşkent şahrida ötkazilişi rejalaştirilayotgan Toşkent Turizm forumiga tayyorgarlik köriş va uni yuqori saviyada taşkil etiş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Uçraşuv davomida, şuningdek kelgusida turizm sohasidagi aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş, sayyohlar oqimini köpaytiriş hamda özaro tajriba almaşinuvini faollaştiriş böyiça fikr almaşildi.
-
Minsk şahri bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
2026-11-10 116Minsk şahri ijroiya qömitasi raisi Vladimir Kuxarev bilan uçraşuv ötkazildi. Unda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş böyiça boşlangan loyihalar holati muhokama qilindi, yangi istiqbollar yuzasidan fikr almaşildi.
Özbekistonning yirik megaloyihasi - “Yangi Toşkent” şahrining investitsiyaviy salohiyati, "Özbekiston-yangi imkoniyatlar çorrahasida" xalqaro biznes-forumi yuzasidan taqdimotlar qilindi.