-
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi navbatdagi xizmat safari bilan Belarus Respublikasida bo‘lib turibdi
2026-10-26 55Safar dasturidan o‘rin olgan dastlabki tadbirlar doirasida delegatsiya a’zolari ayni paytda ushbu mamlakatda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi. Samimiy muloqot davomida yurtdoshlarimizning mehnat faoliyati, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, istiqboldagi rejalari hamda ularni qiziqtirayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, tashrif davomida toshkentlik tadbirkorlar tomonidan Belarusda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishildi.
Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish maqsadida, Toshkent viloyati hududida "MAZ" brendi ostidagi yuk texnikalariga xizmat ko‘rsatish markazi hamda ehtiyot qismlar omborini tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqildi va o‘zaro fikr almashildi.
-
Toshkent va Minsk viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari belgilab olindi
2026-10-26 53Belarus Respublikasida xizmat safari bilan bo‘lib turgan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi (gubernatori) Aleksey Kushnarenko bilan uchrashdi. Muloqot davomida ikki mintaqa o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish masalalari muhokama qilindi.
-
Mirziyoyev IIV xodimlarini idoraning 35 yilligi bilan tabrikladi
2026-10-25 75Özbekiston Prezidenti IIV xodimlari va faxriylariga xizmatlari uçun minnatdorlik bildirib, jinoyatçilikning oldini oliş, kibertahdidlarga qarşi kuraşiş va yoşlarni himoya qilişni kuçaytirişga çaqirdi.
-
Belarusda Xitoy biznes doiralari uçun “Yangi Toşkent” loyihasi taqdim etildi
2026-10-24 108Minsk şahrida Belarusda faoliyat yuritayotgan Xitoyning yetakçi kompaniyalari va sarmoyadorlari uçun “Yangi Toşkent” mega-loyihasining investitsiyaviy imkoniyatlari taqdim etildi. Uçraşuvda yangi barpo etilayotgan şaharda joriy etiladigan “aqlli” va “yaşil” texnologiyalar, zamonaviy infratuzilma hamda xorijlik investorlar uçun yaratilgan qulay şaroitlar va soliq imtiyozlari böyiça atrofliça ma’lumot berildi. Xitoylik investorlar loyihaga yuqori qiziqiş bildirib, yaratilgan kafolatlarni yuqori baholadilar. Muloqotlar yakunida hamkorlikda yangi loyihalarni boşlaş va ularni amalga oşiriş çoralari kelişib olindi.
-
Minskdagi O‘zbekiston madaniyat markazida Minsk va Namangan talabalarini birlashtirgan til bayrami bo‘lib o‘tdi
2026-10-23 1142026-yil 22-oktyabr kuni Minskdagi O‘zbekiston madaniyat markazida O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan “Ikki shahar - bir do‘stlik tili” mavzusida xalqaro onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Madaniyat markazida o‘tgan uchrashuv davomida ikki xalqning boy tarixi va qadriyatlarini aks ettiruvchi yorqin madaniy dastur namoyish etildi.
-
Özbekistonning Belarusdagi Elçixona dilomatlari Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetida bölib, uşbu oliygohda tahsil olayotgan özbekistonlik talabalar bilan uçraşdi
2026-10-22 13321-oktyabr – Özbek tili bayrami kuniga bağişlangan mazkur taşrif doirasida diplomatlar universitet rahbariyati bilan rasmiy uçraşuv ötkazdilar. Tadbir davomida özbek tilining boy tarixi va madaniy ahamiyati alohida qayd etilib, talabalar tomonidan tayyorlangan bayram videoroligi namoyiş etildi. Universitet rahbariyati özbek talabalarining uşbu taşabbusini yuqori baholab, bu kabi tadbirlar oliygoh va Özbekiston ta’lim muassasalari örtasidagi köp yillik akademik hamkorlikning gözal an’anasiga aylanişini ta’kidladi
-
Samarqandda O‘zbekiston va Belarus Bosh vaziri o‘rinbosarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-10-22 1232026-yil 21-oktyabr kuni Samarqanddagi Butunjahon sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova Belarus Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Natalya Petkevichni qabul qildi. Uchrashuvda sog‘liqni saqlash, inklyuziv ta’lim, ijtimoiy himoya hamda yoshlar siyosati yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
-
Биринчи Президент мақбараси зиёрат қилинди
2026-10-18 171Давлатимиз раҳбари Самарқандга ташрифи давомида Ҳазрати Ҳизр мажмуасига бориб, мамлакатимизнинг Биринчи Президенти Ислом Каримов мақбарасига гул қўйди.
-
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДАН БЕЛАРУСЬ РЕСПУБЛИКАСИГА КЕЛАЁТГАН ЙЎЛОВЧИЛАР ДИҚҚАТИГА!
2026-10-17 213Беларусь Республикасига нақд пул олиб кириш қоидалари