Qaytish guvohnomasi
O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi (bundan keyin - Sertifikat) O‘zbekistonda doimiy ro‘yxatda turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi yo’q shaxslarga quyidagi holatlarda beriladi: shaxsni tasdiqlovchi hujjatini yo’qotgan, hujjati yaroqsiz holga kelgan, muddati o‘tgan, hujjatning varaqlari tugagan, avval passport bilan rasmiylashtirilmagan fuqarolar.
Sertifikat rasmiylashtirilishi uchun arizachi dastlab quyidagi interaktiv saytda so‘rovnoma – arizasini to‘ldiradi va unga elektron fotosuratni biriktiradi: http://consul.mfa.uz/
Sertifikatni olish uchun arizachi Elchixona konsullik bo'limiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
- qog‘ozda chop etilgan, arizachinig imzosi qo‘yilgan, bar-kodli ko‘rsatilgan elektron so‘rovnoma – arizasi, 2 nusxada;
- 2 dona rangli fotosurat (35х45mm);
- muddati o‘tgan, yaroqsiz holga kelgan, viza varaqlari tugagan shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat yuqolganda - yuqolgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa ma’lumotnoma nusxasi va shaxsni tasdiqlovchi hujjat yuqolganligi haqida vakolatli idoralarning ma’lumotnomasi (imkoniyat darajasida);
- avval passport bilan rasmiylashtirilmagan fuqarolar uchun – ularning tog‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasining pasportlaridan nusxa;
- konsullik to‘lovlari chiptasi.
Arizachiga sertifikat O‘zbekiston Respublikasi vakolatli idoralari tomonidan uning shaxsi tasdiqlangandan so‘ng beriladi.
Sertifikat bir oydan uch oygacha muddatga beriladi. Sertifikatning muddati uzaytirilmaydi.
Sertifikat har bir kishiga alohida rasmiylashtiriladi va ushbu hujjatga bolalar yozilmaydi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yaroqsiz holga kelgan, muddati o‘tgan va viza varaqlari tugagan bo’lsa, mazkur hujjat Elchixona konsullik bo’limiga topshirilishi lozim.
Arizachi O‘bekistonga kelgandan so‘ng 10 kundan kech bo‘lmagan muddat ichida Sertifikatni doimiy yashash joyidagi ichki ishlar idoralariga pasport olish uchun topshirishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun 50 AQSh dollari miqdoridagi konsullik to‘lovlari va 10 AQSh dollari miqdoridagi ma’muriy xarajatlar olinadi (umumiy – 60 AQSH dollari). Bunda 16 yoshga to‘lmagan bolalar konsullik to‘lovlaridan ozod etiladi.
Sertifikat uning egasiga faqat Elchixona konsullik bo’limiga tashrif buyurgandan so’ng taqdim etiladi.
Elchixona konsullik bo’limi manzili: Minsk shahri, Pokrovskaya ko’chasi, 24-uy; aloqa uchun telefon: +375 17 235-72-09
DIQQAT!
O’zbekistan Respublikasi Soliq kodeksining 331-moddasi, O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 2095-sonli 2013 yil 24 dekabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan konsullik yig’imlar tarifiga ko’ra O’zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirish uchun konsullik yig’imidan ozod etilgan shaxslardan amaldagi sarf-xarajat uchun to’lanadigan 10 AQSH dollari miqdorida yig’im undiriladi.
Quyidagi holatlar arizachiga Sertifikat berish rad etilishi mumkin:
- o‘zi yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatining yo‘qolganligi to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar bersa;
- taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlat belgilangan talablarga mos kelmasa (hujjatlar etarli emas, so‘rovnoma – arizasidagi ma’lumotlar aniq va to‘liq emas);
- taqdim qilingan hujjatlardagi ma’lumotlar haqiqiy bo‘lmasa.