O'zbekiston Respublikasining
Belarus Respublikasidagi elchixonasi
  • O'zbekcha
    • O'zbekcha
    • Русский
    • English
  • Переключить Поиск
  • Переключить Полный экран
  • Bosh sahifa
  • Munosabatlar
    • Iqtisodiy hamkorlik
    • Siyosiy munosabatlar
    • Madaniy va gumanitar hamkorlik
  • Elchixona
    • Elchi
    • Elchixona haqida
    • Elchixona jamoasi
    • Matbuot xizmati
  • Konsullik masalalari
    • Konsullik ro`yhatga turish
    • Fuqarolik masalalari
    • Qaytish guvohnomasi
    • Fuqarolikni yo'qotish
    • Fuqarolikga mansub emaslik
    • Viza talablari
    • E-Visa
  • O'zbekiston Prezidenti
  • O'zbekiston fuqarolariga xizmatlar
    • Mehmonxonalar
    • Xorijiy pasport
    • Biometrik pasport
    • Chet elda doimiy yashashga qolish bo’yicha hujjatlarni topshirish
    • Doimiy konsullik ro'yxatiga turish
  • Eksport va Investitsiya
    • O'zbekistonning investitsiya bo'yicha qo'llanmasi
    • Sohalar
    • Investitsiya takliflari
    • Tijorat takliflari
    • O`zbekistonda ko`rgazmalar va yarmarkalar
  • O'zbekiston haqida
    • Umumiy ma'lumot
    • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
    • Parlament
    • Davlat ramzlari
    • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
    • Milliy bayramlar
    • Madaniyati
    • Sayohat maskanlari
    • O'zbekiston turizm salohiyati
uzbekistan.org

MENING KONSTITUTSIYAM!

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berishi orqali qabul qilindi. Unda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganligini ko’rish mumkin.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Xususan, Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi — ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berildi, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi.
Qolaversa, bosh qomusimizda xorijdagi O’zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashga ham e’tibor qaratildi. Jumladan, 23-modda O‘zbekiston Respublikasi o’z hududida ham, uning tashqarisida ham o’z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik ko’rsatishni kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga majburiy chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emas. Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirish to’g’risida xalqaro huquq normalariga muvofiq g’amxo’rlik qiladi.
Konstutitsiyaning to’liq matni bilan tanishish uchun quyida biriktirilgan faylni oching.


MUQADDIMA

Biz, O‘zbekistonning yagona xalqi,
inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda e’lon qilib,
demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqatimizni namoyon qilib,
inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatimizni anglagan holda,
davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasiga, shuningdek jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga tayanib,
mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko‘paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib,
xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda,
O‘zbekistonning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilib,
fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, ko‘p millatli jonajon O‘zbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini ta’minlashni maqsad qilgan holda,
ushbu Konstitutsiyani qabul qilamiz va e’lon qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (yuklab olish)
Belarus Respublikasi, Minsk sh, Pokrovskaya ko’chasi, 24 uy.
Telefon: 37517 235-72-08
Faks: 37517 235-72-09

Konsullik bo'limi:
Manzil: Belarus Respublikasi, Minsk sh, Pokrovskaya ko’chasi, 24 uy.
Telefon: 37517 235-72-08
Faks: 37517 235-72-09

Ishonch telefoni:
O'zbekiston Respublika Tashqi ishlar vazirligi: +998 71 233-28-28