O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari savdo-iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar

30 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirish va O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Turli darajadagi faol aloqalar davom etayotgani va oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha jadal davom etayotgan hamkorlikdagi samarali ishlar mamnuniyat bilan ta‘kidlandi.
Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 30 foizdan oshdi. O‘tgan oy iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. 1-2 dekabr kunlari Samarqand shahrida ikki davlat hukumatlari rahbarlari darajasida Qo‘shma komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida joriy va istiqbolli kooperatsiya loyihalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mamlakatlarimizning yetakchi sanoat korxonalari va kompaniyalari vakillari ishtirokida qator biznes tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mintaqalararo o‘zaro ta‘sir kengaymoqda. Gumanitar almashinuv sohasida uchinchi O‘zbekiston-Rossiya ta‘lim forumining samarali natijalari qayd etildi.
Bundan tashqari, ko‘p tomonlama formatda, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi. Rahbarlar kelgusi tadbirlar jadvalini ham ko‘rib chiqdilar.
O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlarining telefon orqali suhbati an‘anaviy ochiq, ishonchli va do‘stona muhitda o‘tdi.