Belarusdagi Vatandosh: O'zbekistonda amalga oshirilayotgan Konstitusiyaviy islohotlar mamlakatimizning taraqqiyot yo'lini hamda demokratik institutlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o'zgartirishlar kiritish va mamlakatimizda yangilangan Konstitusiyani qabul qilish bo'yicha muhim siyosiy tadbir – umumxalq referendumi o'tkazilishi yuzasidan Belarusdagi Baranovich davlat universiteti talabasi, vatandoshimiz Umarjon Olimjonov o'zining quyidagi fikrlarini bildirdi:
- O'zbekistonda amalga oshirilayotgan Konstitusiyaviy islohotlar mamlakatimizning taraqqiyot yo'lini hamda demokratik institutlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Konstitusiyaviy islohotlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini, shu jumladan, fikr, so'z va axborot erkinligi, saylovlarda ishtirok etish huquqini kengaytirish, shuningdek, ayollar, yoshlar va boshqa ijtimoiy guruhlarning huquqlari himoya qilinishini ham nazarda tutadi.
Bunday o'zgarishlar mamlakatimizdagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash, shu jumladan, investisiyalar jalb qilish va jamiyatdagi ijtimoiy islohotlarni qo'llab-quvvatlash maqsadini ko'zda tutadi.
Konstitusiyaviy islohotlarning asosiy maqsadi O'zbekistonda demokratik institutlarni mustahkamlash, mamlakatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yuksaltirish uchun zarur huquqiy zamin yaratishdir.