Minskda O'zbekiston Prezidentining muddatidan oldin saylanishiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi

O'zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi elchixonasida O'zbekiston Prezidentining muddatidan oldin saylanishiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirda Belarus parlamentarlari, siyosiy ekspertlar, mediasfera va MDH Ijroiya qo'mitasi vakillari ishtirok etdilar.
Rahmatulla Nazarovning ta'kidlashicha, O'zbekiston Markaziy saylov komissiyasi mamlakat Prezidenti lavozimiga nomzod sifatida 4 kishini ro'yxatdan o'tkazgan. Xalq demokratik partiyasidan nomzod Ulug'bek Inoyatov, tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Liberal-demokratik partiya – Shavkat Mirziyoyev, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan – Robaxon Mahmudova, ekologik partiyadan – Abdushukur Hamzayev bo'ldi.
Diplomat shuningdek, 2023-yilning 9-iyulida, asosiy ovoz berish kuni Elchixona hududida saylov uchastkasi faoliyat yuritishini aytib o’tdilar. Unda O‘zbekiston fuqarolari va Minskda tahsil olayotgan talabalar ovoz berishlari mumkin bo‘ladi.
O‘z navbatida, MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi missiyasining xalqaro kuzatuvchisi Vitaliy Krasnobaev O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini monitoring qilish bo‘yicha missiya faoliyati haqida aytib o’tildi.
Qayd etishicha, MDH kuzatuvchilari 2023-yil 16-iyundan saylov kampaniyasini kuzatishni boshlaganlar. Hamdo‘stlik Bosh kotibi Sergey Lebedev MDH kuzatuvchilari missiyasiga boshchilik qilmoqda. Missiya shtab-kvartirasi kuzatuvchilar ishini muvofiqlashtiradi. Shtab a’zolari saylov qonunchiligini tahlil qiladi, kuzatuvchilarni respublika hududlari o‘rtasida taqsimlaydi va ularning ishlash tartibini belgilaydilar, zarur axborot, uslubiy va me’yoriy materiallar tayyorlaydilar.
Bugungi kunga qadar uzoq muddatli kuzatuvchilar Markaziy saylov komissiyasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, O'zbekiston milliy media assotsiatsiyasida uchrashuvlar o'tkazdilar, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasida hududiy va uchastka komissiyalari faoliyati bilan tanishdilar.
Shu bilan bir vaqtda missiyani shakllantirish jarayoni davom etmoqda: uning tarkibiga Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston vakillari, shuningdek, MDH ishtirokchi davlatlari parlamentlararo Assambleyasi va Belarus va Rossiya Ittifoqi parlament yig'ilishi kiradi. O'zbekiston Prezidentining muddatidan oldin saylovi o'tkazilishini monitoring qilishda MDHdan 150 ga yaqin kuzatuvchi ishtirok etishi kutilmoqda.
Hamdo'stlikdan kuzatuvchilarning asosiy guruhi saylovdan 2-3 kun oldin O'zbekistonga kelib, mamlakat hududlarida kuzatuv olib boradilar. Missiya a'zolari uchastkalarni ochishda qatnashadilar, ovoz berish jarayoni va natijalarni sarhisob qilish tartibini nazorat qiladilar.