O'zbekiston Respublikasining Belarusdagi Elchixonasi "Belarus rassomlar Ittifoqi" jamoat birlashmasi bilan birgalikda 2025-yil 12-fevral kuni soat 15.00 da Respublika badiiy galereyasida (Дворец искусства, г.Минск, ул.Козлова, д.З) bo'lib o'tadigan "O'zbekistonning zamonaviy rassomlik san'ati" badiiy ko'rgazmasini ochiliishga barchani taklif etadi.
Ushbu keng ko'lamli loyiha Belarus va O'zbekiston rassomlar uyushmalari hamkorligi doirasida amalga oshirilib, Belarus jamoatchiligini zamonaviy o'zbek rassomlarining boy va o'ziga xos san'ati bilan tanishtirishga qaratilgan.
Ko'rgazmada Sharq rasmlari an'analarini yangi badiiy yo'nalishlar bilan birlashtirgan turli avlod rassomlarining asarlari namoyish etiladi.
Mualliflar orasida o'zbekistonlik taniqli ustalar, akademiklar, xalq rassomlari, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Qarshi shaharlaridan yangi avlodning iste'dodli vakillari bor.