2025 yil 1 aprel kuni O'zbekiston Respublikasining Toshkent shahrida MDH Bosh kotibi o'rinbosari I. T. Nematov boshchiligidagi MDH Ijroiya qo'mitasi delegatsiyasi O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o'rinbosari vazifasini bajaruvchi Sh. X. G'ulomov bilan ishchi uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv ishtirokchilari 2025 – yil 29-aprel kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan MDH iqtisodiy Kengashining navbatdagi Majlisi va MDH ishtirokchi davlatlari mintaqalarining birinchi forumini tayyorlash jarayonini muhokama qildilar.
Mintaqalar forumi MDH ishtirokchi davlatlari mintaqalariga iqtisodiy, ijtimoiy, gumanitar hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun maydonchani taqdim etgan birinchi ko'p tomonlama tadbirdir.