
Minsk shahridagi Yakub Kolas davlat muzeyida Belarus xalq shoirining chevarasi Vasilina Mitskevich ishtirokida madaniy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yakub Kolas ikki mamlakat o‘rtasidagi adabiy do‘stlik uchun mustahkam poydevor yaratgani alohida ta’kidlandi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkentdan boshpana topgan adib o‘zbek xalqining bag‘rikengligi va mehmondo‘stligidan ilhomlanib, turkum she’rlar yaratgan edi.
Bugungi kunda shoirning ijodi va boy merosi Minsk va Toshkentni birlashtiruvchi haqiqiy “xalq diplomatiyasi”ning jonli namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.