Xivada O‘zbekiston va Belarus parlamentlararo forumi boshlandi

Bugun 29-sentyabr kuni Xiva shahrida “Strategik sheriklik: parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, yangi vazifalar va hamkorlik istiqbollari” mavzusida To‘rtinchi O‘zbekiston-Belarus parlamentlararo forumi boshlandi.
29-30-sentyabr kunlari bulib o‘tadigan tadbir doirasida parlamentlararo komissiya majlisi, mahalliy vakillik organlari va yoshlar parlamentlari uchrashuvlari hamda O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining to‘rtinchi biznes-forumi tashkil etiladi.
Forumning asosiy yo‘nalishlari va muhokama mavzulari:
-Parlamentlararo hamkorlik: Ikki davlat parlamentlari palatalari rahbarlari, hukumat va vazirliklar vakillari ishtirokidagi yalpi majlisda bandlik, kambag‘allikni qisqartirish, oliy ta’lim, fan, innovatsiyalar, ijtimoiy himoya, ona va bola salomatligi hamda tadbirkorlik masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
-Biznes-forum (ayollar tadbirkorligi): To‘rtta sho‘ba yig‘ilishida sanoat kooperatsiyasi, qo‘shma investitsiyalar, mehnat salohiyati, agrosanoat va oziq-ovqat xavfsizligi, biotexnologiyalar, gumanitar soha va turizmdagi qo‘shma loyihalar muhokama qilinmoqda.
-Ko‘rgazma: Ikki mamlakatning “Made in Uzbekistan” va “Made in Belarus” brendlari ostidagi milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etilgan.