Vaqtinçalik konsullik hisobi
Hurmatli Özbekiston Respublikasi fuqarolari!
Agar Siz Belarus Respublikasiga xizmat safari, ta’lim oliş, davolaniş, mehnat faoliyatini amalga oşiriş yoki oila a’zolari bilan birlaşiş maqsadida kelgan bölsangiz hamda Özbekiston Respublikasida doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatda turgan bölsangiz, Sizdan Özbekiston Respublikasining Minsk şahridagi Elçixonasida vaqtinça konsullik hisobiga turuşingizni söraymiz.
Qöşimça ma’lumot oliş uçun quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilişingiz mumkin: +375 17 235-72-09.
VAQTINÇA KONSULLIK HISOBIGA QÖYIŞ TARTIBI
Özbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Elçixonasida vaqtinça konsullik hisobiga turuş uçun quyidagi hujjatlarni Elçixonaning Konsullik bölimiga şaxsan taqdim etiş talab etiladi:
-
Töldirilgan konsullik hisobiga oliş kartoçkasi. Kartoçkani uşbu havola orqali töldiriş va çop etiş lozim.
-
Pasport (almaştirilişi lozim bölgan pasport, belgi va qaydlar mavjud barça sahifalarining nusxalari bilan).
-
Tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma (nusxasi).
-
Rangli fotosurat — 1 dona (3,5 × 4,5 sm).
-
Belarus Respublikasida yaşaş guvohnomasi (belgi va qaydlar mavjud barça sahifalarining nusxalari).
Belarus Respublikasida yaşaş guvohnomasi yoki Belarus Respublikasi pasporti mavjud bölmagan taqdirda, qöşimça ravişda quyidagi hujjatlar taqdim etilişi lozim:
-
Doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötganlik yoki yaşaş joyida röyxatda turganlik töğrisidagi ma’lumotnoma;
-
Belarus Respublikasi fuqaroligiga qabul qiliş töğrisida ariza bermaganligini tasdiqlovçi ma’lumotnoma;
-
Nikoh tuzilganligi töğrisidagi guvohnoma (yoki nikoh bekor qilinganligi töğrisidagi guvohnoma, nikohni bekor qiliş haqidagi sud qarori yoxud turmuş ört oğining vafoti töğrisidagi guvohnoma).
Şuningdek, quyidagi havolalar orqali tegişli röyxatga oliş kartoçkalarini yuklab oliş, töldiriş va Elçixonaning Konsullik bölimiga taqdim etiş mumkin:
ESLATMA
16 yoşga tölmagan şaxslar uçun qöşimça ravişda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
-
Ota-onalarning pasportlari nusxalari (belgi va qaydlar mavjud barça sahifalari);
-
Ota-onalarning nikoh tuzilganligi töğrisidagi guvohnomasi (yoki nikoh bekor qilinganligi töğrisidagi guvohnoma, nikohni bekor qiliş haqidagi sud qarori yoxud turmuş ört oğining vafoti töğrisidagi guvohnoma);
-
Yolğiz onalar uçun — bolaning otasi haqidagi ma’lumotlar onaning sözlariga asosan qayd etilganligini tasdiqlovçi FHDYo organining ma’lumotnomasi (14-şakl).
45 yoşgaça bölgan erkaklardan harbiy guvohnoma yoki harbiy röyxatga olinganlik töğrisidagi guvohnoma hamda ularning nusxalari qöşimça ravişda talab qilinişi mumkin.
Mazkur talab Özbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 261-I-son Qonuni bilan tasdiqlangan Konsullik ustavining 30-moddasiga muvofiq, konsul Özbekiston Respublikasi qonunçiligida belgilangan tartibda xorijiy davlatda bölib turgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy hisobini yuritişi bilan boğliq.
İşonçnoma asosida doimiy röyxatdan çiqarilgan fuqarolar uçun (biometrik pasportga ega bölgan şaxslar):
-
İşonçnoma nusxasi;
-
İşonçli vakil pasportining nusxasi;
-
Uy daftari yoki 16–17-şakllarning nusxalari (tegişli pasport röyxatga oliş xodimida saqlanadi).